Tizim haqida
Elektron kooperatsiya portal markazi tarkibida hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kichik tadbirkorlik sub’ektlariga qulaylik yaratish maqsadida yaratilgan maxsus savdo platformasi (www.milliyart.uz domeni ostida) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-sonli “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 15b-ilovasi 1.1 va 1.2-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-oktyabrdagi 02/1-2107-sonli “Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarishni boshlamagan loyihalar hamda Elektron kooperatsiya faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan Chora-tadbirlar rejasi” 18-bandi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-5033-sonli “Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 10-bandi 3-xatboshisida nazarda tutilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida ishga tushirilgan.